BAZALIOMA

BAZALIOMA — teri o’smalarining bir xili, teri karsinomasi; teri bezlari epitelial hujayralaridan paydo bo’ladi. Yuzda, ba’zan qo’l-oyoq yoki boshqa joyda vujudga kelib, teridan sal ko’tarilib turadi; asta-sekin kattalashib yaraga aylanadi, qichishadi va yara usti po’st bilan qoplanadi. O’rta yoshdagi va keksa kishilarda ko’proq uchraydi. Bazaliomaning xavfli turi regionar limfa tugunlariga, keyinchalik ichki a’zolarga metastaz berishi bilan farqlanadi. Rentgenoterapiya, elektrokoagulyatsiya va jarrohlik usuli bilan davolanadi.