Issiqbardosh beton
Issiqbardosh beton – uzoq vaqt yuqori harorat davomida ta’sir qilganda fizik-mexanik xossalarini berilgan chegarada saqlay oladigan maxsus beton turi. Olovbardoshlik darajasiga bog’liq holda betonning issiqqa chidamli yuqori olovbardosh, olov bardosh va issiqbardosh turlari mavjud. Issiqqa chidamli beton bog’lovchi (gidravlik yoki havoiy) va to’ldiruvchidan tashkil topadi. O’rtacha zichligiga bog’liq holda issiqqa chidamli beton oddiy va yengil (qurigan holatdagi zichligi 15000 kg/m3) turlarga bo’linadi.