BAYKAL-AMUR MAGISTRALI

BAYKAL-AMUR MAGISTRALI, BAM — Sharqiy Sibir va uzoq sharqdagi temir yo’l; Rossiyani tinch okean bilan bog’laydigan 2-magistral temir yo’l (birinchisi Transsibir magistrali). Umumiy uzunligi 4300 kilometr, Tayshetdan Sovetskaya Gavan aholi punktigacha davom etadi. Bamning Ust-Kut (Lena daryosi bo’yida) — Komsomolsk-Amur qismi (3105 kilometr; 1974 yil qurilishi boshlanib, 1984 yilda poyezdlar qatnovi yo’lga qo’yilgan) 1989 yil foydalanishga topshirilgan. Bamning Tayshet — ust-kut va Komsomolsk-Amur — Sovetskaya Gavan qismlari 40-yillar oxiri — 50-yillar boshida qurilgan; BAM — tinda, Izvestkovaya — Ural va Volochaevka — Komsomolsk temir yo’l liniyalari orqali Transsibir temir yo’l bilan tutashadi. 1981 yilda Baykal-Amur temir yo’l (boshqarma) tashkil etilgan.