BAYRAMXON ABDURAHIM
BAYRAMXON ABDURAHIM (1556 -1622, Dehli) — shoir, tarjimon. Bayramxon ibn Sayf Alibekning o’g’li. Akbar hukmronligi davrida “Xonlar xoni” unvoniga sazovor bo’lgan. Bayramxon “Boburnoma”ni forschaga tarjima qilgan. Hindiston tarixiga oid asarlarda “Rahimiy” taxallusi bilan turk, arab, fors, hind va sanskrit tillarida yozgan she’rlari bor. J. Neru Bayramxonga yuksak baho bergan. Tarixchi Abulboqi Nihovandiy Bayramxonga bag’ishlab “Maosiri Rahimiy”ni yozgan (1927), unda shoirning hayoti, ijodi, o’sha davrdagi siyosiy va madaniy hayotda tutgan o’rni haqida ma’lumot bergan.