“BAYT UL-HIKMAT”
“BAYT UL-HIKMAT” (yoki “Xizonat ul-hikmat”) — olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa. Xalifa Horun ar-Rashid (766 — 809) Bag’dodda tashkil etgan. O’zbekcha asarlarda “bilim uyi” yoki “Donishmandlar uyi” deb yuritiladi. Muhammad Xorazmiy xalifa Ma’mun davri (813 — 833) da “bilim uyi”dagi juda boy kutubxonaga boshchilik qilgan. Kutubxonada hind, yunon, suryoniy (Suriya), Arab, fors tillarida 400 000 jida qo’lyozma kitob saqlangan. Xorazmiy o’sha kitoblardan foydalanib, hind usulida ilmi hay’at (astronomiya)ga oid “Ziji Xorazmiy” asarini yozgan. Hind raqamlari asosida hozirgi Arab raqamlarini soddalashtirgan, kengaytirgan va birinchi marta Arab tilini bayon etib, uning keng tarqalishiga hissa qo’shgan. Tarjima ishlarida turli mamlakatlardan kelgan olim va tarjimonlar, jumladan Turkiston olimlaridan Ahmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, Abbos ibn Sayd Javhariy va Ahmad ibn Abdulloh Marvaziylar qatnashgan. Bu erda olimlar chet tildagi murakkab tushunchalarni berishga qodir Arab atamashunosligini yaratishga va uni boyitishga katta hissa qo’shdilar.