Ko’rik (me’moriy tanlovga oid)

Ko’rik (me’moriy tanlovga oid) – ikki yoki undan ortiq mustaqil arxitektorlar o’rtasida arxitektura loyihasini, g’oyasini, qurilish kontsepsiyasini, hududni rejalashtirish yoki kichik me’moriy shaklni yaratish bo’yicha tanlov natijasida mualliflik loyihasining eng yaxshisini g’olib deb topish va ushbu me’moriy ob’yektni amalga oshirish uchun buyurtma olish yoki mukofotlarni olish uchun vakolatli hakamlar hay’ati tomonidan ekspert bahosi o’tkaziladi. Ushbu jarayon odatda, yangi dizayn g’oyalarini topish, binoning jamoatchilik muhokamasini kuchaytish va uning jamiyatda mashhurligini oshirish uchun amalga oshiriladi, bundan tashqari, bu yosh me’morlar uchun o’z qobiliyatlarini namoyish etish va tajriba orttirish uchun yaxshi imkoniyat.