Ko’p qatlamli devorlar
Ko’p qatlamli devorlar – konstruktiv qatlamlar orasidagi yuk taqsimotini ta’minlovchi, qattiq yoki qayishqoq ulanishlar bilan o’zaro bog’langan, yengil va qoplamali devorlar. Ko’p qatlamli devorlarni mustahkamlik uchun hisoblaganda ikki holat ajratiladi. Qatlamlarning turli mustahkamlik va elastik xossalarga ega bo’lishi, shuningdek, shu qatlamlarning devorda birgalikda ishlashida ularning mustahkamlikka noto’liq foydalanishda kesim yuzasini asosiy yuk ko’taruvchi qatlam materialiga keltirilishini hisobga olish lozim. Barcha kuchlarnin ekstsentrisitetlari keltirilgan kesimning o’qiga nisbatan aniqlanishi lozim. Har bir qatlamni o’ziga oladigan yuklarni alohida hisoblash lozim, top yopma va orayopama yuklari faqat ichki qatlamga berilishi lozim. Isitgich qatlamning yuklari yuk ko’taruvchi qatlamining kesimlariga proportsional ravishda taqsimlanish lozim.