Qurilishda narx indekslari
Qurilishda narx indekslari – joriy (bashorat) narx ko’rsatkichlarini bazis narx ko’rsatkichlariga manbalar nomlamasi va tuzilishi, manbalar to’plami yoki qurilish mahsuloti manbabiy texnologik modeli hamda uning alohida kalkulyatsiya tarkiblovchilari bo’yicha taqqoslanuvchi nisbati. Indekslar, odatda, verguldan so’ng, ahamiyatli ikki sondan ko’p bo’lmagan, o’lchovsiz kattalikda ifodalanadi. Tub qurilish mahsulotiga butunlay yoki uning ayrim tarkiblariga manbaviy-texnologik model (MTM)-ashyolar, mahsulotlar, qurilmalar, qurilish mashinalari, quvvat manbalari, qurilish xodimlari mehnati va boshqa sarf-xarajatlar bazis darajasini tavsiflovchi bir xillashtirillashtirilgan manbalar to’plami. MTM-bino (inshootlar) turlari bo’yicha, ishlar qurilmaviy elementlari bo’yicha, ayrim kalkulyatsiyaviy elementlari va xarajatlar bo’yicha tarmoqli bo’lishi mumkin.