Qurilish-yig’uv (qurilish-montaj) ishlarini qish mavsumida olib borishda qo’shimcha sarflar me’yori
Qurilish-yig’uv (qurilish-montaj) ishlarini qish mavsumida olib borishda qo’shimcha sarflar me’yori – qo’shimcha sarflarni hisobga oluvchi smeta me’yorlari, shu jumladan: ish joylari maoshiga qo’shimcha haq; qish mavsumida ishlab chiqarish texnologiyassi o’zgarishi munosabati bilan kelib chiqqan xarajatlar (koks pechlaridan tashqari issiqxonalar qurish, ajratish va isitish); temir-beton qurilmalari zarur harorat-namlik sharoitida ushlab turish; qorishma va betonlarga maxsus qo’shimchalar qo’llash va boshqalar. Qurilish turlari bo’yicha o’rnatilgan me’yorlar, smetalar tuzish, buyurtmachi va bosh pudratchi bilan qurilish tashkiloti o’rtasida bajarilgan ishlar yillik hisoblar uchun, qurilmalar va ish turlari bo’yicha me’yorlar esa, odatda, bosh pudratchi va subpudratchi qurilish tashkilotlari o’rtasida bajarilgan ishlar hisobi uchun mo’ljallangan.