Qumli portlandtsement
Qumli portlandtsement – portlandtsement klinkeri (50 dan 75% gacha miqdorda), kvarts qumi (25 dan 50% gacha miqdorda) va gipsni (SO3 bo’yicha 1,5 dan 3,5% gacha miqdorda) qo’shib yoki alohida maydalash va aralashtirish bilan olinadigan gidravlik bog’lovchi modda. Qumli portland tsementdan asbesttsementli listlar ishlab chiqarishda, beton va temir-beton konstruksiyalar tayyorlashda, gidrotexnika inshootlari qurilishida foydalaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- Qumli loy
- Qumli tuproqlar
- Qumli cho’l tuproqlari
- Qumtosh
- Qurib bitkazilmagan
- Qurib yorilmoq (qovjirab ko’chmoq)
- Qurilish (binokorlik, qurilish maydoni)
- Qurilish ashyolari markasi











