Oq portlandtsement

Oq portlandtsement – temir oksidini (0.35-0.45% miqdorda) o’z tarkibiga kirituvchi portlandtsement klinkeri, gips (SO3 bo’yicha 3,5% gacha) va faol mineralli qo’shimchalar (20% dan ko’p bo’lmagan miqdorda) aralashmasini maydalash yo’li bilan olinadigan gidravlik bog’lovchi modda. Oq portlandtsementdan qurilishda arxitekturaviy-pardozlash ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu tsement turi alit (51 dan 60% gacha miqdorda), belit (25 dan 28% gacha miqdorda), kaltsiy alyuminatlari (12 dan 15% gacha miqdorda) va ko’p bo’lmagan (1 dan 2% gacha) miqdorda mayda alyumoferrit fazasidan tashkil topadi.

Leave a Reply