Oq portlandtsement
Oq portlandtsement – temir oksidini (0.35-0.45% miqdorda) o’z tarkibiga kirituvchi portlandtsement klinkeri, gips (SO3 bo’yicha 3,5% gacha) va faol mineralli qo’shimchalar (20% dan ko’p bo’lmagan miqdorda) aralashmasini maydalash yo’li bilan olinadigan gidravlik bog’lovchi modda. Oq portlandtsementdan qurilishda arxitekturaviy-pardozlash ishlarini bajarishda foydalaniladi. Bu tsement turi alit (51 dan 60% gacha miqdorda), belit (25 dan 28% gacha miqdorda), kaltsiy alyuminatlari (12 dan 15% gacha miqdorda) va ko’p bo’lmagan (1 dan 2% gacha) miqdorda mayda alyumoferrit fazasidan tashkil topadi.
O‘xshash so‘zlar
- Oq qarag’ay
- Oq suvoq
- Oq uy
- Oqartirmoq (oqlamoq)
- Oqib chiqmoq (kelib chiqmoq)
- Oqib o’tish (davom etish)
- Oqim
- Oqim (ingichka oqim)





