Penka
Penka – bir yillik o’t ko’rinishidagi o’simlik (zig’ir, kanop) poyalaridan olinadigan dag’al po’stloqli tola. Maishiy va texnik vazifalarni bajaruvchi matolar to’qishda qo’llanadi, ulardan eshilib ishlanadigan materiallar-shpagatlar, arqonlar, kanatlar tayyorlashda foydalaniladi.