Plastbeton (plastik beton)
Plastbeton (plastik beton) – 1) beton turlaridan biri bo’lib, unda sintetik polimerli smolalardn bog’lovchi sifatida foydalaniladi. Og’ir yoki yengil mineralli materiallar qum, shag’al, chaqiq tosh va maydalangan qo’shimchalar plastbetonning mayda va yirik to’ldiruvchilari sifatida qo’llaniladi. Strukturasi bo’yicha plastbeton zich, g’ovakli, yacheykali va shunga mos ravishda og’ir, yengil va o’ta yengil bo’lishi mumkin; 2) sun’iy qatron qo’shilgan beton. Masalan: zich plastbeton, g’ovak plastik beton, serg’ovak plastbeton va hokazolar.