Poydevor
Poydevor – bino va inshootning (asosan yer osti) qismi bo’lib, poydevor binolar (inshootlar)dan tushadigan yuklarni tabiiy yoki sun’iy asosga uzatish uchun xizmat qiladi. Poydevor tipini tanlash qurilish maydonining muhandislik-geologik va gidrogeologik sharoitlari, bino yoki inshootning vazifasi va o’ziga xos jihatlari, poydevorga uzatiladigan yuk kattaligi bilan aniqlanadi. Masalan: beton poydevor, blokli poydevor, xarsangtosh va beton poydevor, xarsangtosh poydevor, qutisimon poydevor, quyma poydevor va hokazolar.
O‘xshash so‘zlar
- Poydevor
- Poydevor-qobiq
- Poydevorsozlik
- Poydevor ramali
- Poydevor svayli
- Poydevor qirqimi
- Poydevor tagligi
- Poydevor stakani






