Signalizator (ogohlantirgich)

Signalizator (ogohlantirgich) – boshqariladigan parametrning qiymati belgilangan chegaradan oshib ketganligi yoki belgilangan qiymatlar oralig’idan tashqarida ekanligi haqida ogohlantirish signalini (masalan, yorug’lik, akustik yoki boshqa) berish uchun qurilma. Signal qurilmalari signallarni inson idroki uchun qulay shaklga aylantirish orqali hodisalar mavjudligi haqida ma’lumot olish uchun mo’ljallangan. Masalan: yong’in haqida ogohlantigich va hokazolar.