Tom (chordoq)

Tom (chordoq) – 1) binoning yuqori (mansard) qavati yoki chordoqning yuqoridan chegaralaydigan va binoning ichki fazosini, inshootlarini va elementlarini atmosfera va boshqa tashqi ta’sirlardan himoya qiladigan qismi. Tomlar chordoqli va chordoqsizlarga bo’linadi; 2) xona, uy, binoning ustini berkitib turuvchi tepa qismi. Keng tarqalgan turlari: tekis tom va gumbaz tom. Masalan: xovonsiz (tirgaksiz) tom, sernishab tom, osma tom, ikki nishabli tom, gumbazli tom, boloxonali tom, ko’p nishabli tom, yassi (tekis) tom, sinch-sarrovli tom, ustunli tom va hokazolar.