Nimaga yugurish poygasida “Start” ni egilgan holatda boshlanadi?
— 1887- yilgacha barcha yuguruvchilar startni tik turgan holatda boshlashgan. Yangi g’oya egasi esa amerikalik sprinter Sherrill, u harakatni boshlashdan oldin yerga egilib turib oladi (bu harakatni u kengurularni kuzatganidan so’ng o’ylab topgandi). Sudyaning noroziligiga va tomoshabinlarning masxarasiga qaramay, u yangi usulni qo’llagan o’sha poygada g’olib bo’ladi!