BETOB ABDULHAQ

BETOB ABDULHAQ (1888-1969)— afg’on shoiri, olim. Kobul universiteti professor (1937), Malik ush-shuaro (1952). Dariy tilida yozgan. Arab va fors adabiyotini chuqur o’rgangan. G’azal va qasidalardan tuzilgan “Devon”i bor (1960). Asarlarida Betob vatanparvarlik, turli millatga mansub fuqarolar totuvligi, tinchlikni tarannum etgan. Adabiyotshunoslikka oid asarlar yozgan. Bulardan “Qofiya va aruz” (1955) asari Afg’oniston va Eronda daryolik sifatida qo’llaniladi.