BEXTEREV VLADIMIR MIXAYLOVICH

BEXTEREV VLADIMIR MIXAYLOVICH (1857.20.1 (1.2), Kirov viloyatining sorali (hozirgi Bexterevo) qishlog’i — 1927.24.12, Moskva]— rus psixonevrologi. Peterburg tibbiy-jarrohlik akademiyasini tugatgan. Harbiy tibbiy akademiya (1893), ayollar tibbiyot instituti professor (1897). Psixonevrologiya instituti (1908), keyinchalik o’zi tashkil etgan miya va ruhiy faoliyatni o’rganish instituti (1918) direktori. Nerv sistemasining anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasiga oid tadqiqotlar olib borgan, refleksologiya asoschilaridan biri. Orqa va bosh miyaning o’tkazuvchi yo’llari hamda miyaning funktsional anatomiyasi to’g’risidagi ta’limotni ishlab chiqqan. Alkogolizmni gipnoz bilan davolash ustida ilmiy ish olib borgan. Bexterevning asosiy asarlari yosh bolalar xulqi va jinsiy tarbiyasi, shuningdek ijtimoiy psixologiya muammolariga bag’ishlangan. Markaziy nerv sistemasini tinchlantiradigan suyuq dori—mikstura topgan. Miyani anatomik, fiziologik va psixologik usullar bilan kompleks o’rganish asosida kishi shaxsini tadqiq etgan.