BEYLI FREDERIK

BEYLI FREDERIK (? — 1967) — ingliz josusi, polkovnik. 1918 yil avgustda Hindiston va Qashqar orqali Toshkentga kelgan diplomatik missiyaning rahbari. Diplomatlar safida kapitan Blekker va Angliyaning Qashqardagi konsuli Makkartney ham bor edi. Ular Toshkentdagi AQSh konsuli R. Treduell bilan hamkorlikda oktyabr to’ntarishiga qarshi ishlar olib borgan. Beyli Toshkentda Junkovskiy boshchilik qilgan maxfiy «Turkiston harbiy tashkiloti» bilan yaqin aloqada bo’lib, Toshkent, Samarqand, Farg’onada sovetlarga qarshi qo’zg’olonlar uyushtirish, Farg’ona va Xorazmda milliy istiqlolchilik harakatini kuchaytirish rejalarini tuzishda qatnashdi, istiqlolchilarga Angliyaning Qashqardagi konsulxonasi orqali qurol-yarog’va boshqalar yordam yetkazib berishda katta rol o’ynadi. «Turkiston harbiy tashkiloti» fosh qilingach (1918 yil oktabr), Turkistondagi ingliz-Amerika josuslari qamoqqa olindi. Beyli esa Buxoro orqali chet elga o’tib ketdi.