Ayrshir qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi

Ayrshir qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi – XVIII asrda Shotlandiyaning Ayr grafligida yaratilgan. Uning shakllanishida mahalliy mollar bilan birga golland, golshtin, shortgorn, gereford, jersey va boshqa zotlar qatnashgan. 1923-yilgacha bo’lgan davrda ayrshir zotli mollar Shotlandiya, Shvetsiya va Germaniyadan Finlandiyaga olib kelingan. Ularni sof holda urchitish hamda mahalliy mollar bilan chatishtirib, uzluksiz tanlash va saralash ishlarining olib borilishi natijasida 1896-yilga kelib Finlandiya ayrshirlari shakllantirilgan va mustaqil zot deb tan olingan. Sigirlarning yag’rin balandligi 123-125 sm (qiya uzunligi 157-160 sm), ko’kragi chuqur (63-65 sm) va o’rta enlikda (36-38 sm), yelinlari kosasimon, so’rg’ichlari o’rtacha kattalikda, keng joylashgan, terisi yupqa elastiksimon. Yangi tug’ilgan buzoqlarning tirik vazni 28-30 kg, 12 oylikdagi tanalar vazni 220-260 kg, sigirlarning vazni 450-500 kg, buqalarning vazni – 700-800 kg. Sut mahsuldorligi 5000-5400 litr va uning yog’lilik miqdori 3.8-3.9%. Mahsuldor mollardan “Melodiya 29” laqabi sigir to’qqizinchi laktatsiyasida 13 690 litr sut bergan. Uning yog’lilik miqdori 4.09% ga teng, oqsil miqdori 3.34%.

Leave a Reply