BYOMIT

BYOMIT (20-asr nemis mineralogi I. Byom nomidan)—gidrooksidlar kichik guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi A1OON. Dukkaksimon shakddagi och rangli agregatlar, kamdankam hollarda juda mayda kristallar. Yaxshi shakllangan kristallari kam. Byomit oynasimon yaltiroq, qattiqligi 3,5—4; sof og’irligi, qariyb 3. Kislotalarda erimaydi. Byomit ko’pincha past temperaturali yertomirlarda mayda kristallar holida uchraydi. Ba’zi boksitlarning asosiy minerali. O’zbekistonda Qizilqumdagi tog’larda, Farg’ona tizmasida uchraydi.