BLERIOLUI
BLERIOLUI (1872. 1.7, Kambre 1936. 1.8, Parij) — frantsuz aviakonstruktori, muhandisi. Aviatsiya qaldirg’ochlaridan biri. 1900 yildanoq planerlar va ornitopter (qanot “qoquvchi” uchish apparati)lar, 1906 yildan samolyotlarni qura boshlagan. O’zi 1908 yilda samolyotda 14 kilometr masofaga parvoz qilgan, 1909 yilda Lamansh ustidan uchib o’tgan. Bleriolui yaratgan samolyotlar keyinchalik aviatsiyada keng tarqalgan.