BIRUNIT
BIRUNIT — mineral. Kimyoviy tarkibi 8,5 CaSiO38,5 CaCO3CaSO415H2O. Taumasit minerali sirtida yupqa (2-3 millimetr) qatlamli oq, tolasimon kristallar holida uchraydi. Qattiqligi 2, sof og’irligi 2,3. 1957 yilda O’zbekistonning Qoramozor tog’laridagi Qo’rg’oshinkon konidan topilgan va buyuk uzbek olimi Abu Rayhon Beruniy nomi bilan atalgan.