BISMILLOH
BISMILLOH, Bismillohir rahmonir Rahim (Arabcha — Rahmli va mehribon Alloh nomi bilan) — Islomda ko’p tilga olinadigan, har bir niyat, ibodat va amaliy harakat oldidan aytiladigan oyat. Qur’onning hamma suralari (9suradan tashqari) shu kalima bilan boshlanadi. Bu oyat Xudo bandalariga rahmli (Rahim), mehribon (Rahmon), musulmonning har bir harakati Alloh nomi bilan boshlanishi lozimligini bildiradi. Qur’on tilovatida Bismilloh oldidan “A’uzu billohi minashshaytonir rajim” (“Shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman”) ham qo’shib aytiladi. Buni har qanday ish va hatti-harakat oldidan shaytonni haydash va uning vasvasasidan xoli bo’lish mazmunida ham talqin etadilar. Bismilloh maktublar, rasmiy hujjatlar, diniy asarlar boshida ham yoziladi. Diniy manbalarda “basmala” nomi bilan ham yuritiladi.