BOSHA
BOSHA — ustun boshi, yuqorigi bezalgan qismi. Bosha ustun tepasiga to’sin, zavarrov ostidan qo’yiladi. Asosan qattiq yog’ochdan o’yib, kesib shakl berib tayyorlanadi va naqshlar bilan bo’yab bezatiladi. Konussimon, soda girih naqshli, yulduzsimon ko’p qirrali (asosan sakkiz qirrali) shakllarda ishlanadi. Turar joy va jamoat binolari qurilishida, ayvon ustunlarini bezashda foydalaniladi (masalan, Bolohovuz masjidi, Qo’qon jome masjidi, tosh hovlidagi Boshalar o’ziga xos uslubda to’sinlarga uyg’unlashtirib serhasham bezak hosil qilib ishlangan).