BOSHKO’KRAK

BOSHKO’KRAK — bo’g’imoyoqlilarning boshi va ko’kragining qo’shilishidan hosil bo’lgan tana bo’limi. Boshko’krak qisqichbaqasimonlar, qilichdumlilar, qirilib bitgan evripteridlar va ko’pchilik o’rgimchaksimonlar uchun xos.