BOSHLIK

BOSHLIK — 1) Kavkaz tog’lik axoliey va boshqalar. Sharq xalqlari sovuq, qor yomg’ir va oftobdan sakdanish uchun boshiga kiyadigan jun yopinchiq. 1862 yil rus armiyasida joriy qilinib, rus-turk urushi (1877-78) da shu qadar qo’l kelganki, hatto uni G’arbiy Yevropa armiyalarida ham ishlata boshlaganlar. Masalan, 1881 yil Tunisga jo’natilgan frantsuz qo’shinlari otryadining barcha zobit va askarlari Boshlik bilan to’la ta’minlangan. 2) Ayrim musulmon xalqlarda kuyov tomon kelin tarafga in’om qiladigan qalin bo’lib, u cho’qqi quloqchin ichiga solib berilgani uchun shunday deb atalgan. 3) Poyabzalning oyoq yuzi va yonlarini yopib turadigan qismi.