BOSHMOQ
BOSHMOQ — 1) tormozda —vagonlarni to’xtatish uchun temir yo’l iziga qo’yiladigan ponasimon moslama; 2) qoziqoyoq boshmog’i — qoziqoyoqning pastki o’tkir uchiga kiydiriladigan po’lat uchlik; 3) texnologik Boshmoq — mashinalar o’rnatiladigan va sozlanadigan tayanch; 4) qutbiy Boshmoq — elektr mashinalari magnit qutblarining bir qismi; magnit oqimi zichligining bir me’yorda tarqalishini ta’minlaydi; 5) tayanch ustunning bosim asosga bir tekis tushishini ta’minlaydigan pastki qismi.