CHIVINLAR

CHIVINLAR, uzun mo’ylovli ikki qanotlilar (Nematocera) — ikki qanotli hasharotlar kenja turkumi. 20 mingdan ortiq turi, 35 oilasi bor. Yer yuzida juda keng tarqalgan. Ko’pchilik Chivinlarning tanasi va oyoqlari ingichka, juda uzun. Asosan, lichinkalik davrida oziqlanadi. Lichinkasining og’iz apparati kemiruvchi tipda. Chivinlar suvda, nam tuproqda, o’simliklar to’qimasida va chirindilar orasida yashaydi. Voyaga yetgan Chivinlar havoda hayot kechiradi, kamdan-kam turi (masalan, yapon dengiz chivini) ning barcha rivojlanish fazasi suvda o’tadi. Chivinlarga g’urra yasarlar, zamburug’ chivinlari, uzunoyoq Chivinlar, jarangdor Chivinlar, qon so’rar Chivinlar, zahkashlar, iskaptoparlar, bukri pashshalar va boshqa oilalar kiradi. Chivinlar o’simlik to’qimasi, odam va hayvon qoni bilan (bunda yuqumli kasalliklarni tarqatadi) oziklanib zarar keltiradi. Qon so’radigan Chivinlar turli yuqumli kasalliklarni (masalan, bezgak, leyshmanioz) nk tarqatadi. Chivinlar hasharotxo’r hayvonlar (qushlar, ko’rshapalaklar) ning, ularning suvdagi lichinkasi esa suv hayvonlari, ayniqsa, yosh baliqlarning asosiy oddiy chivin ozig’i sifatida katta ahamiyatga ega. O’zbekiston faunasida haqiqiy Chivinlar (25 ga yaqin tur), bukri chivinlar (51 tur), zahkashlar (60 tur), iskabtoparlar (17 tur) keng tarqalgan.