CHILILAR
CHILILAR — xalq, Chilining asosiy aholisi (11,4 milliondan ortiq kishi). Umumiy soni 11,78 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Ispan tilida so’zlashadi. Dindorlari — katoliklar. Chililar ispan bosqinchilari bilan mahalliy indeys aholi — araukanlar, diagitlar va boshqalarning qo’shilishi natijasida shakllangan. Chililarning aksariyati dehqonchilik, chorvachilik, konchilik, qayta ishlash sanoatida band.