CHILLA

CHILLA (fors-tojik — qirq) — turmushdagi ba’zi hodisaqolatlarning eng og’ir, xatarli yoki ma’suliyatli davrini anglatuvchi tushuncha. Chilla, odatda, 40 kun hisoblanadi. O’zbekiston hududida yoz Chillasi yoki yozgi Chilla 25 iyundan 5 avgustgacha, qish Chillasi yoki qishki Chilla 25 dekabrdan 5 fevralgacha davom etadi. Chilla ona va chaqalog’i hayotining tug’rukdan keying, kelin-kuyov turmushining nikoxdan keyingi 40 kunlik davrlariga va boshqalarga nisbatan ham qo’llaniladi (20 kunlik davr kichik Chilla deb yuritiladi).