CHILTO’G’ON
CHILTO’G’ON (aslida nomi Chilcho’pto’g’on, ya’ni Chilpoya — yog’ochdan yasalgan qirq oyog’i to’g’on) — qadimgi gidrotexnika moslamasining maxsus turi. “Chorpoya — to’rt oyoq”, “sepoya — uch oyoq” turlari ham bo’lib, Daryo, soy va kanal (shohariq) sohillarini mustahkamlash, to’g’on yoki suvayirg’ichlar barpo etishda foydalanilgan. Chilpoya to’singa ayri shaklida yog’ochda qator qirqta oyoq o’rnatilib yasalgan. Chilto’g’on — chilpoyali chilcho’pto’g’on Toshkent shahrining asosiy suv manbai Kaykovus kanali. ustiga o’rta asrlarda qurilgan. Sebzor va Ko’kcha daha erlarini suv bilan ta’minlovchi suvayirg’ich — bosh to’g’on hisoblangan. Hozirgi Chilto’g’on o’rnida Taxtapul suv taqsimlovchi gidrotexnika inshooti barpo etilgan.