CHIG’ATOY OQTEPASI
CHIG’ATOY OQTEPASI – arxeologik yodgorlik, istehkomli qishloq xarobasi (5-8-asrlar, 10— 11-asrlar). Toshkentning shimoli g’arbida, Kaykovus kanali bo’yida joylashgan. 1927 yil N. G. Malliskiy va 1940 yil M.E. Vorones qayd etgan. 1968 yil Toshkentp arxeologiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Tik yon bag’irli tepalik shaklida saqlangan Ark xarobasining diametri 30 metr, balandligi 6-8 metr bo’lib, atrofida mustahkam mudofaa devori bilan o’ralmagan qishloq joylashgan. Chig’atoy Oqtepasi hududi hozirgi tepalik shaklida saqlanib qolgan.