CHKALOV VALERIY PAVLOVICH

CHKALOV VALERIY PAVLOVICH [1904.20.1(2.2), hozirgi Chkalovsk 1938.15.2, Moskva] — rus sinovchi uchuvchisi, kombrig (1938). Sovet Ittifoqi Qahramoni (1936). Oliy pilotajning bir necha yangi shakllarini ishlab chiqqan. 1936-37 yillarda G.F.Baydukov, A.V.Belyakovlar bilan birga Moskvadan Udd oroli (Uzoq Sharq)gacha, so’ng Moskvadan shimoliy qutb orqali Vankuver (AQSh)gacha qo’nmasdan uchib o’tgan. Yangi qiruvchi samolyotni sinash vaqtida halok bo’lgan. Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida Chklalov nomi bilan atalgan ko’plab shahar, qishloq, istirohat bog’lari va boshqalar bor. Jumladan, “Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat aktsiyadorlik jamiyati, Toshkentdagi metro styalaridan biri Chkalov nomi bilan atalgan.