CHODAKSOY
CHODAKSOY — Namangan viloyatidagi soy. Qurama tizmasining yon bag’ridan boshlanadi. Shimoliy Farg’ona kanaliga quyiladi. Uzunligi 76 kilometr, havzasi maydoni 566 kilometr kvadrat, o’rtacha balandligi 2370 metr. Suv sarfi 3,72 metr kub/sekund, vegetatsiya davrida o’rtacha 7,24 metr kub/sekund. Qor va muzliklardan to’yinadi. Chodaksoydan Pop tumanidagi ekin maydonlarini sug’orishda foydalaniladi.