CHODIR
CHODIR — vaqtinchalik ko’chma turar joy, boshpana. O’tmishda ko’chmanchi turkiylar orasida keng tarqalgan. Katta-kichik ko’rinishda bo’lib, qalin pishiq matodan, ko’pincha sinchga tortib qilinadi. Chodir tepasida havo almashib turishi, tutun chiqishi uchun tuynuk ishlanadi. Hozir Chodirdan uzok, safarda harbiylar, alpinistlar, geologlar va boshqalar foydalanadi. Me’morlikda — shakli chodirsimon (konussimon yoki qirrali konussimon) gumbaz ham Chodir deyiladi.