CHOYNAK
CHOYNAK — choy damlashda ishlatiladigan ro’zg’or buyumi. Choynak juda qadimdan ma’lum. Hozir chinni, metall Choynaklar keng tarqalgan. Dastali, ogzi tor, qopqoqli, jo’mrakli, kichik, o’rtacha va katta hajmli xillari bo’lib, turli naqshlar bilan bezatiladi.