CHOL NO’G’AY
CHOL NO’G’AY — o’zbek urug’laridan biri. Asosan, o’zbeklarning qipchoq qabilasining to’qqizurug’ (tug’uzboy) guruhi tarkibiga kirgan. Dastlabki Cho’l no’g’aylar 16— 17-asrlarda Dashti Qipchoqning g’arbiy qismida No’g’ay xonligining emirilishi natijasida har xil ko’chmanchi urug’va qabilalarning qoldiqlaridan vujudga kelgan. So’ngra, Cho’l no’g’aylar Dashti Qipchoq qabilalari tarkibiga kirganlar. 17-asrning oxiri — 18-asrning boshlarida qipchoqlarning katta bir guruhi Zarafshon vodiysiga joylashgan.
O‘xshash so‘zlar
- CHOLA
- Cholboy
- CHOLG’U YO’LI
- CHOLG’U MUSIQASI
- CHOLG’ULASHTIRISH
- CHOLOTA QO’RG’OSHIN-RUX KONI
- Choljiyan qishlog’i haqida eshitganmisiz?
- Cholto’qay qishlog’i haqida eshitganmisiz?






