DO’SUMOV YANGIBOY MUHAMMEDOVICH

DO’SUMOV YANGIBOY MUHAMMEDOVICH (1905.15.7, To’rtko’l – 1973.14.8 V Nukus) — pedagog, tarixchi olim, O’zbekiston faning muxbir a’zosi (1956), Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1965). Qoraqalpog’istonda birinchi tarix fanlari nomzodi (1939) va Doktori (1961), professor (1965), Nukus o’qituvchilar instituti direktor o’rinbosari, keyin direktor (1935— 40), Qoraqalpog’iston maorif xalq komissari va Pedagogika instituti tarix kafedrasi mudiri (1940-41). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). Qoraqalpog’iston maorif vaziri (1945— 49). Qoraqalpog’iston iqtisod va madaniy instituti bo’lim mudiri (1949-59). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filiali Tarix, til va adabiyot instituti direktori (1959-64), sektor mudiri (1964-73). Ilmiy ishlari Qoraqalpog’istonning yangi davr tarixiga, xususan, 20-asr 1-choragidagi maorifi hamda ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan.