DO’SHAKAYEV SHOMUROD
DO’SHAKAYEV SHOMUROD (1871-1952) – o’ymakor usta, Qo’ng’irot va Shumanay yog’och o’ymakorligi maktabining yirik vakili. Usta Do’shaka oilasida tug’ilgan. O’ymakorlikni otasidan o’rgangan. Do’shakayev yaratgan buyumlari naqshlarga boyligi, go’zal va soddaligi bilan ajralib turadi. U “Qo’chqor muguz”, “aylanma muguz” va boshqa turli-tuman shakldagi naqshlar bilan bezagan panjara (yerganak), sandik (Arja), aravaning old taxtasi, ustun va boshqa buyumlar mashhur. Do’shakayev yaratgan buyumlardan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- DO’SMANAG’I TOG’I
- DO’SPANOV O’ROQBOY
- DO’ST MUHAMMAD IBN SULAYMON
- DO’STI XUDO MASJIDI
- DO’STLIK
- DO’STLIK KANALI
- DO’STLIK TUMANI
- DO’STMATOV DO’NAN


