DO’LCHA

DO’LCHA — ro’zg’or buyumi. Misdan chukur kosaga o’xshatib yasalgan, kandakori naqshlar bilan bezatilgan. Idishdan suv olishda ishlatiladigan dastali Do’lcha hamda jo’mrakli Do’lcha (ko’proq objuvozchilar foydalangan) turi bor. Shuningdek, Shahrisabzda sopoldan choy ichish uchun ishlangan idish ham Do’lcha deb ataladi.