DO’LGONLAR

DO’LGONLAR, dolganlar (o’zlarini dulgaan, tiakixi, Saxa deb ataydilar) — elat, Taymir milliy okrugining asosiy aholisi. Umumiy soni 7 ming kishi (1992). Yoqut tilining do’lgon shevasida gaplashadilar. Dindorlari — pravoslavlar. Do’lg’onlarning ajdodlari Taymir yarim orolidan uzoqda, Lena daryosining Vilyuy va Muna irmoqlari rayonida yashagan. 18- asr davomida shimoli-g’arbga siljib, hozirgi yashaydigan joylariga ko’chib kelganlar. «Do’lgon» 19-asrdagi urug’lardan birining nomi. Do’lg’onlarning o’zagini asli tungus bo’lgan do’lgon, Ejen, karintuo, dongot urug’lari tashkil etgan. Do’lg’onlar bug’uchilik, ovchilik (mo’yna tayyorlash), baliqchilik bilan shug’ullanadilar.