DO’LBASOY

DO’LBASOY — Surxondaryo viloyati Qumqo’rg’on tumanidagi soy, Qo’shchekasoyning chap irmog’i. Bobotog’ning g’arbiy yon bag’ridagi Oqbuloq bulog’idan boshlanadi. Bitta irmog’i bor. Uzunligi 24 kilometr. Do’lbasoyning suv to’plash maydoni kichik va yog’in kam yog’adigan past tog’larda joylashganligidan yomg’irli mavsumlardagina suvi ko’payadi.