Ost-Indiya va zond arxipelagida yashaydigan uchar kaltakesaklar g’oyat go’zaldir. Uning yaltiroq boshi qo’ng’ir tusda, yelkasi och qizil, “qanotlari” qora yo’l-yo’lli va xoldor. Kaltakesaklarning hammasi daraxtlarda yashaydi, ehtiyoj sezmasa, o’z ixtiyorlari bilan hech qachon yerga tushmaydi. Daraxtlarning qalin barglari orasida, onalari qo’ygan qobiqlar tirqishidagi tuxmlardan ochib chiqadi va kuni bitgunga qadar mana shu yerda yashaydi. Kaltakesaklar ola-bula tusi bilan daraxtlar orasida ko’rinmaydi, ustiga-ustak balandda yashaydi. Ular bu yerda deyarli qimirlamay o’tiradi, bordiyu o’lja (qandaydir hasharot, qo’ng’iz yoki kapalak) uchib yurganini ko’rib qolsa, kaltakesak qanot qoqib, olisga sakraydi va o’ljasini uchib borayotgan holda tutib oladi, so’ng yana novdaga kelib qo’nadi. Shu tariqa, kaltakesak 5-6 metrga “uchib bora oladi”. Kaltakesaklarning kattaligi har xil, ammo 21 santimetrdan oshmaydi, uning ham 12 santimetri uzun va ingichka dumiga to’gri keladi.
Baliqchilik nimani anglatishini bilasizmi
Baliqchi nimani anglatishini bilasizmi
Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi
Baliqko’z nimani anglatishini bilasizmi
Baliq nimani anglatishini bilasizmi
Balans nimani anglatishini bilasizmi
Bakterioz nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriolog nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriya nimani anglatishini bilasizmi

