DIMETILAMIN

DIMETILAMIN, (CH3)2NH – alifatik qatorning ikkilamchi amini. Qo’lansa hidli rangsiz gaz; sovitilganda rangsiz suyuqlikka aylanadi; suyuqlanish temperaturasi — 92,2°, qaynash temperaturasi 6,9°. Suvda va organik erituvchilarda eriydi, kislotalar bilan kristall tuzlar hosil qiladi, asillanadi, alkillanadi va hokazolar. Dimetilamin oqsil moddalar chiriganda hosil bo’ladi; sanoatda metil spirt bilan ammiakdan, shuningdek, formaldegid bilan ammoniy xloriddan olinadi. Organik sintezda shifobaxsh dorilar (dikain, aminazin va boshqalar), raketa yoqilg’isi (diametilgidrazin) va hokazolar tayyorlashda qo’llaniladi.