EYFEL ALEKSANDR GYUSTAV
EYFEL ALEKSANDR GYUSTAV (1832.15.12, Dijon 1923.28.12, Parij) — frantsuz quruvchi-muhandisi. Parijdagi san’at va hunarmandchilik Markaziy maktabini tugatgan (1855). Metall konstruktsiyalardan foydalanib, ko’priklar, viaduk va boshqalar inshootlarni loyihalagan va o’zi boshchiligida qurdirgan [masalan, Portuda (Portugaliya) doru daryosiga qurilgan ko’prik, Bordo, tarabi, Budapesht vokzalidagi ko’priklar]. Panama kanali qurilishida faol ishtirok etgan. Uning loyihasi bo’yicha asosan metalldan qurilgan Eyfel minorasi uni jahonga mashhur qiddi. Eyfel 1900 yildan asosan aerodinamika bo’yicha tadqiqot ishlari bilan shug’ullangan.