EYKMAN XRISTIAN
EYKMAN XRISTIAN (1858.11.8, Neykerk, Gelderland — 1930.5.11, Utrext) — gollandiyalik bakteriolog va shifokor. Amsterdam universitetini tugatgan, tibbiyot Doktori (1883). Berlinda R. Kox bilan birga tadqiqotchi shogird sifatida faoliyat ko’rsatgan. 1886 yildan Indoneziyada harbiy shifokor bo’lib ishlagan; 1888 yilda Jakartadagi patologik lab. direktori (1888-98), Gollandiya Utrext universiteti professor (1898-1928). Asosiy ilmiy ishlari vitaminlarni o’rganishga bag’ishlangan. Vitamin tanqisligi ayrim kasalliklar paydo qilishini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1929; F.G. Xopkins bilan hamkorlikda).
O‘xshash so‘zlar
- EYLATON
- EYLBR ULF SVANTE FON
- EYLER FORMULALARI
- EYLER LEONARD
- EYLERXELPIN GANS KARL AVGUST SIMON FON
- EYNDXOVEN
- EYNSHTEYN
- EYNSHTEYN ALBERT


