TAJRIBA XO’JALIGI
TAJRIBA XO’JALIGI – ilmiy tadqiqot muassasasiga ilmiy tavsiyalarni sinab ko’rish maqsadlarida birkitib qo’yilgan xo’jalik. Odatda bir-biridan tuproqiqlim va xo’jalik sharoitlari jihatidan farq qiladigan mintaqalarda joylashgan bo’ladi. Tajriba xo’jaligida ilmiy yangiliklar muayyan hududning sharoitlariga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitlarda tekshirib ko’riladi. Bu ishlarni amalga oshirishda ilmiy tadqiqot instituti xodimlari bilan birga mutaxassis-amaliyotchilar ham ishtirok etadi. Tajriba xo’jaliklari o’simlikshunoslik va dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari tarkibida o’simliklarning istiqbolli navlarini sinash, ko’paytirish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish, ekiladigan ekinlarni o’stirish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni takomillashtirish, yangi qishloq xo’jaligi. texnikasi va qurollarini sinash va boshqa bo’yicha ilmiy-amaliy ish olib boradi. Masalan, O’zbekiston paxtachilik inti tarkibida Markaziy tajriba xo’jaligi (Toshkent viloyati), Yangiobod, Hazarbog’, Do’stlik (Surxondaryo viloyati), O’zbekiston (Farg’ona viloyati, Quva tumani) shirkat tajriba xo’jaliklari bor.